Sayyor qabul: Aholi murojaatlari hal qilinmoqda

29.10.2025 / 9

Yunusobod tumani hokimligi hamda Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimlari tomonidan tumandagi Xalq qabulxonasida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bilan murojaat qildilar. Jumladan, “Buyuk Turon” MFYda yashovchi Lyudmila Kazanseva (Niyozbek ko‘chasi, 29-uy, 45-xonadon) o‘z murojaatida uyining kadastr hujjatlari ma’lumotlar bazasida mavjud emasligini bildirib, shu bois yangi pasport olishda qiyinchilikka duch kelayotganini ma’lum qildi. Mas’ul idora xodimlari mazkur masalani nazoratga olib, uni tez fursatda hal etish bo‘yicha chora ko‘rishdi. Shuningdek, “Posira” mahallasida istiqomat qilayotgan Malika Qurbonova (17-uy, 18-xonadon) mahallasida kechki vaqtlarda ayrim yoshlar tomonidan spirtli ichimliklar iste’mol qilinib, shovqin-suron ko‘tarilayotgani va bu holat aholi tinchligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ma’lum qildi.

 Mazkur murojaat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va mahalla faollariga qonuniy chora ko‘rish, tartib-intizomni kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, “Obod” mahallasi fuqarosi Irina Andreva (Tepaqo‘rg‘on ko‘chasi, 16-uy) onasidan qolgan uyni ukasi nomiga o‘tkazib olganligi sababli mulk bilan bog‘liq nizo yuzaga kelganini ma’lum qildi. Mazkur holat yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi va masala sud tartibida hal qilinishi yuzasidan tavsiyalar berildi.

Qabul jarayonida bildirilgan barcha murojaatlar qayd etildi, ayrimlari joyida hal etildi, qolganlari bo‘yicha esa mas’ul idora va tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.

Powered by GSpeech