SAYYOR QABUL: AHOLI MANFAATLARI UCHUN
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida Yunusobod tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Yig‘ilganlarga dastlab O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonunining mazmun-mohiyati, unda nazarda tutilgan tartib-taomillar, tasdiqlangan reja-grafik asosida mahallalar hududida olib borilayotgan xatlov ishlariga to‘xtalib o‘tildi.
Qabul davomida 20 dan ziyod fuqaroning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglandi.
E’tiborlisi, kelib tushgan aksariyat masalalar joyida hal etildi. O‘rganilishi vaqt talab qilgan murojaatlarning ijrosi alohida nazoratga olindi.
O'zbekcha
Русский
English