SAYYOR QABUL: Ahogli murojaatlari o‘rganildi
Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev boshchiligida Adolat mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda Respublika ishchi guruhi, Yunusobod tumani hokimligi, Xalq qabulxonasi mas’ullari hamda tegishli tashkilot va idoralar vakillari ishtirok etdi.
Qabul davomida mahalla aholisining muammolari eshitildi, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi. Xususan, uy-joy, subsidiya, ijtimoiy himoya, ish bilan ta’minlash, tibbiy xizmatlar, ta’lim va boshqa sohalarga doir murojaatlar qabul qilinib, ayrim masalalar shu yerning o‘zida hal qilindi.
Shuningdek, muammolarni tizimli ravishda hal qilish maqsadida tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Aholi bilan ochiq muloqot asosida o‘tgan tadbirda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilindi.
Qabul so‘ngida mahalla fuqarolari bunday tadbirlar doimiy ravishda o‘tkazilishi muhimligini ta’kidlab, o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
O'zbekcha
Русский
English