SAYYOR QABUL
Yunusobod tumani prokuraturasi, Yunusobod tumani Yoshlar ishlari bo‘limi bilan hamkorlikda yoshlar uchun qabul o‘tkazildi.Unda Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i Z.Asqarov va 2-sektor yoshlar yetakchilari mahallalarda istiqomat qiluvchi muammoli yoshlari bilan ishtirok etdi.
Yunusobod tumani prokurori, 2-sektor rahbari Ya.Abdurahmonov yoshlar bilan muloqot qilib, ularning muammolarini tingladi. Sayyor qabulda yoshlarning muammolari tinglanib, joyida hal etish choralari ko‘rildi.
Murojaatlar orasida vaqt talab qilinadigan masalalar mutassaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi. Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qarori talablariga mos keladigan masalalarni "Yoshlar daftari"ga kiritish va tizimli ko‘mak ko‘rsatish uchun ko‘rsatmalar berildi.
O'zbekcha
Русский
English