SAYLOVGA TAYYORGARLIK KO‘RISH VA UNI O‘TKAZISHGA KO‘MAKLASHUVCHI KOMISSIYANING YIGʻILISHI O‘TKAZILDI

13.03.2025 / 164

Yunusobod tumanida fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tayyorlash va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyaning yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda tuman Mahallalar uyushmasi raisi X. Mullajonov va saylovni o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan komissiya a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda saylovlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun kerakli barcha tadbirlar muhokama qilindi. Komissiya a’zolari tomonidan saylov jarayonining har bir bosqichi, shu jumladan saylovchilarning ro‘yxatini tuzish, nomzodlarni aniqlash, saylov o‘tkaziladigan manzillarni tashkil qilish kabi muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda saylov jarayonini to‘g‘ri va shaffof o‘tkazish uchun chora-tadbirlar dasturi hamda ish rejasi bandma-band ko‘rib chiqilib, komissiya a’zolari tomonidan tasdiqlandi.

Muhokamalarda fuqarolar yig‘ini raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qonunining “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi talablariga rioya etilishini ta’minlashga urg‘u berildi.

Shuningdek, tuman fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish, fuqarolar yig‘inlari raislari lavozimiga nomzodlarga doir hujjatlarni qabul qilish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Saylov komissiyasi a’zolari saylovlarni o‘tkazish uchun barcha zaruriy materiallar, texnik vositalar va qo‘llanmalar bilan ta’minlanishga kelishib oldi. Bundan tashqari, saylov hududlarining xavfsizligi va sanitariya-epidemiologiya yoki boshqa texnik talablarga rioya qilinishiga alohida e’tibor berildi.

Har bir komissiya a’zosi o‘zini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ish rejasiga qo‘shimchalar va o‘zgarishlar kiritilib, tegishli qaror qabul qilindi.

Powered by GSpeech