SAXOVAT KO‘RSATILDI

03.03.2025 / 164

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “VAQF” xayriya jamoat fondi hamkorlikda Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan Yunusobod tumani “INSON” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan birgalikda tumandagi ijtimoiy reyestrda turuvchi kam ta’minlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari jamlamasi tarqatildi.

Ushbu xayriya tadbiri davomida Sobirobod, Muruvvat, Billur, Anorzor, Otchopar 1, Minor mahallalaridagi yuzlab oilalarga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Mazkur aksiya kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga moddiy yordam ko‘rsatish va jamiyatda mehr-muruvvat muhitini mustahkamlashga qaratilgan.

Tadbir ishtirokchilari va tashkilotchilar xayriyaning ahamiyati, jamiyatda birdamlik va o‘zaro mehr oqibat haqida ta’kidlab, bu kabi saxovat ishlari davom ettirilishini ma’lum qilishdi.

Powered by GSpeech