SAVDO VA KO‘NGILOCHAR MARKAZLARDA BAYRAMGA HOZIRLIK KO‘RILMOQDА

19.03.2025 / 200

Yunusobod tumanidagi Xay Taun sayti majmuasida Navro‘z bayramini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bayramning o‘tkazilishini yuqori darajada tashkil qilish va aholi hamda mehmonlar uchun barcha qulayliklarni yaratishga alohida tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan, Prezident maslahatchisi U. Muxammadiyev, Prezident Administratsiyasining ishchi guruhi a’zolari va bayram tadbirlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayotgan tashkilotchilar bilan uchrashib, tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

U bayram kunlarida aholiga xizmat ko‘rsatish va savdo sohalarini yuqori darajada tashkil qilish, mehmonlarga qulay sharoit yaratish, konsert dasturlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Zamonaviy majmuada mahalliy va xorijiy mehmonlarga milliy qadriyatlarimizni va boy an’analarimizni namoyish qilish, savdo do‘konlarida turli hududlarning milliy liboslarini taqdim etishning muhimligini alohida ta’kidladi.

Powered by GSpeech