SAVDO DO‘KONLARIDA SANITAR HOLAT O‘RGANILDI
Yunusobod tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari tomonidan markaziy va shox ko‘chalar atrofida faoliyat ko‘rsatayotgan savdo do‘konlari, ovqatlanish nuqtalarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganishlar chog‘ida mahsulotlarning sifati, yaroqlilik muddati, saqlash va iste’molchilarga yetkazib berish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Tuman SEOJSB xodimlari savdo do‘konlarida kanserva mahsulotlarining sifatiga alohida e’tibor qaratilib, yaroqlilik muddati o‘tib ketgan mahsulotlarni savdoga qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Bundan tashqari, do‘kon ichlarini tartibga keltirish, sut va sut mahsulotlarini saqlashda belgilangan tartibga rioya qilish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi. Kun davomida aniqlangan muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
O'zbekcha
Русский
English