Sanoat korxonalari faoliyati o‘rganildi

27.12.2025 / 14

Yunusobod tumani hokimi tumandagi sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlari, quvvati va samaradorligi, shuningdek, mehnat sharoitlari batafsil ko‘zdan kechirildi.

Hokim korxona rahbarlari va mutaxassislari bilan uchrashib, ishlab chiqarish quvvatlarini yanada oshirish, innovatsion texnologiyalarni samarali joriy qilish, xodimlar uchun qulay va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish bo‘yicha tavsiyalarini berdilar. Shuningdek, muloqot davomida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar turi va hajmini oshirish, tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish hamda eksport salohiyatini kuchaytirish, aholi bandiligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Powered by GSpeech