Salomatlik uchun 5000 qadam

07.05.2025 / 128

  Bugun Yunusobod tumani hokimligi oilaviy va xotin-qizlar bo'limi tomonidan “Shahidlar xotirasi” maydonida “Salomatlik uchun 5000 qadam” aksiyasi doirasida xotin-qizlar o'rtasida ertalabki badan tarbiya, yurish va boshqa sport tadbirlari o'tkazildi. Ushbu tadbirning maqsadi — sog'lom turmush tarzini ommalashtirish, aholini jismonan faol bo'lishga undash va salomatlikni muhofaza qilishga ko'mak berish.

   Aksiya davomida qatnashgan xotin-qizlar ertalabki badan tarbiyasini bajarib, yurish va shifobahsh mashqlar orqali kunni yaxshi kayfiyat bilan boshlashdi. Tadbirning har bir lahzasi, “Bor mehriimiz shu Vatan, shu xalq uchun” shiori ostida tashkil qilingan bo'lib, sport bilan shug'ullanish, jismoniy va ma'naviy sog'lomlikni ta'minlash uchun muhim qadamlar tashlashga xizmat qildi.

  “Salomatlik uchun 5000 qadam” aksiyasi doirasida, har hafta turli sport tadbirlari, yurish va badan tarbiyasini tashkil etish davom ettiriladi. Bu tadbirlar har bir insonga o'z sog'lig'iga e'tibor qaratgan holda, sportning ahamiyatini tushunish va uni kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirishga imkon yaratadi.

   Aksiya davomida ishtirokchilarning sog'ligi va yaxshilangan kayfiyati, ularga ertalabdan yaxshi kayfiyat va energiya bag'ishladi. Shu bilan birga, ushbu tadbir sog'lom turmush tarziga bo'lgan qiziqishni oshirish va ayollar o'rtasida sportni ommalashtirishga yordam beradi.

  Kelgusida ham shunday tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etish maqsad qilib qo'yilgan. Ishtirokchilarga sport bilan shug'ullanish, jismonan va ma'nan sog'lom bo'lishga, Vatan va xalq uchun yaxshi ishlar qilishga da'vat etildi.

  Sog'lig'ingiz uchun o'zingiz qayg'uring, sport bilan shug'ullaning, kundalik hayotda har bir soatni samarali o'tkazing!

Powered by GSpeech