SAF YIGʻILISH: YASHIL MAKON DASTURI ASOSIDA YASHIL SHAHAR LOYIHASIGA START BERILDI

09.11.2024 / 171

  Ko‘chat ekish, bog‘ yaratish xalqimizga xos ezgu qadriyatlardan sanaladi. Bugun Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev, Botanika bog‘ida saf yig‘ilish o‘tkazdi. Unda sektor rahbarlari, ekologlar, olim va mutaxassislar, tuman hokimi o‘rinbosari, tumandagi barcha korxona va tashkilot rahbarlari hamda mas’ullari ishtirok etdi.

  Yig‘ilishda ko‘chat ekish tadbirida markaziy ko‘chalar, mahallalar, ijtimoiy soha ob’yektlari hududiga manzarali va mevli ko‘chatlarni ekish, yerga qadalayotgan ko‘chatlarni ekishdan boshlab, rivojlanishgacha bo‘lgan jarayonlarda agrotexnik tadbirlarga e’tibor qaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

  Yig‘ilishda kunlik obodonlashtirish ishlarini tashkil qilish, suv qochirish tarmoqlari ichida to‘planib qolgan maishiy chiqindilarni tozalash, mahallalar ichki hududi hamda markaziy va shox ko‘chalar obodligiga e’tibor qaratish bo‘yicha vazifalar berildi.

  Hokim B.Abduvaliyev, shu yerning o‘zida, yig‘ilganlarni Toshkent xalqa avtomobil yo‘li hamda korxona va tashkilot xodimlari, ishlab chiqarish korxonalari, ta’lim, tibbiyot va ob’yektlari hududida ko‘chat ekishga safarbar qildi.

Powered by GSpeech