Saf yig‘ilish: Obodonlashtirish ishlari bo‘yicha vazifa berildi
Bugun ertalab Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev rahbarligida mahallalarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda “Obod mahalla” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida saf yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Respublika ishchi guruhi, tumanda faoliyat yuritayotgan barcha korxona va tashkilot rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, barcha BSKlar, mahalla faollari hamda vakillari ishtirok etdi. Kun davomida obodonlashtirish ishlari uchun 62 ta maxsus texnikalar shay holatga keltirildi.
Tuman hokimi tomonidan mahallalarda ichki yo‘llarni joriy ta’mirlash, hududlarni obodonlashtirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya-gigiyena ishlarini yuksak saviyada amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Har bir korxona va tashkilotga aniq hududlar biriktirilib, ulardagi yashil hududlarning parvarishi, daraxt va gul ko‘chatlari ekish, hududni chiqindilardan tozalash hamda aholi uchun munosib va qulay muhit yaratish ishlari bo‘yicha topshiriqlar berildi.
O'zbekcha
Русский
English