Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi bilan ta’lim sohasida do‘stona muloqot
Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi Yunusobod tumanidagi 273-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi. va ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv iliq va do‘stona muhitda o‘tdi. Mehmonlar maktabda yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayonining zamonaviy usullari, o‘quvchilarning darslarga bo‘lgan qiziqishi va faolligi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, maktabning o‘qituvchilari va ma’muriyati bilan samarali muloqot o‘rnatildi.
Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, ta’lim sohasidagi innovatsiyalar va tajriba almashishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish borasida muhim fikrlar bildirildi.
Mehmonlar maktab hayoti va jamoasiga yuqori baho berish bilan birga, kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini kengaytirishga tayyorligini bildirishdi.
O'zbekcha
Русский
English