REYD TADBIRLARI O‘TKAZILMOQDA
Kuni kecha Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining inspeksiya boshlig‘i, Atrof-muhitning monitoringi, iqlim o‘zgarishiga moslashish va gidrometerologiya sohasini muvofiqlashtirish (tahliliy labaratoriya) bo‘limi mutaxassisi, Yunusobod tumani inspektorlari hamda tezkor ekologik nazorat guruhi inspektorlari tomonidan tungi reyd o‘tkazildi.
Reyd davomida Yunusobod tumani, Turkiston MFY, Qoraqamish ko‘chasidagi Issiqlik markazining 4-qozonxonasi faoliyati o‘rganildi.
Reyd davomida Yunusobod tumani, Tiklanish MFY, Moyqo‘rg‘on ko‘chasi 14-uydagi “Manzarali gullar yetishtirish xo‘jaligi”issiqxonasi faoliyati o‘rganilib, atmosfera havosidan tahlil uchun na’munalar olindi.
Reyd tadbirida Yunusobod tumani, Xasanboy MFY, Xamkorobod ko‘chasidagi issiqxona faoliyati ham o‘rganilganda, issiqlik pechidan uzilganligi va faoliyat olib borilmayotganligi aniqlandi.
O'zbekcha
Русский
English