REYD O‘TKAZILMOQDA

13.11.2024 / 172

Xabaringiz bor kuni kecha Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev Tiklanish mahallasida ekologik barqarorlikni saqlash masalasida yig‘ilish o‘tkazib, mutasaddilariga qator vazifalarni bergan edi. Shundan kelib chiqib, Yunusobod tumani hokimligi, tuman Favqulodda vaziyatlar, tuman Ekologiya va Ichki ishlar organlari tomonidan yerli xonadonlarda mavjud issiqxonalarning atmosfera havosini ifloslantirmagan holda faoliyat olib borilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari issiqxonalarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida rezina, avtoulov shinalari va shunga o‘xshash atmosfera havosini ifloslantiruvchi buyumlarni yoqmasliklik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Ana shunday holatlar aniqlangan xonadon egalariga qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy chora qo‘llanilmoqda. Xususan Xasanboy va Tiklanish MFY lari hududidagi issiqxonalar faoliyati o‘rganildi.

Reyd tadbirlari davomida Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, IIV hamda Milliy gvardiya xodimlaridan tuzilgan ishchi guruh tomonidan issiqxonalar qozonxonasiga atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy tashlanma manbalardan hosil bo‘ladigan ifloslantiruvchi gazlarni tozalash qurilmalari mavjud ekanligi ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar mobaynida mahallalarda issiqxonalardan foydalanishda maxsus filtrlarni o‘rnatish bo‘yicha tadbirkorlik sube’ktlariga ko‘rsatmalar berilmoqda.

Powered by GSpeech