Respublika ishchi guruhi hamda Yunusobod tumani hokimligi mas’ullari Uvaysiy MFY da amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarini joyiga chiqqan holda o‘rganishdi.

12.04.2025 / 130

O‘rganishlarda mahallada olib borilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, yangi infratuzilma ob’yektlarining qurilishi va mavjud hududlarning obodonlashtirilishi bilan tanishildi. Ayni paytda mahallada bolalar uchun zamonaviy o‘yin maydonchalari qurilmoqda, aholi dam olishi uchun yashil hududlar tashkil etilib, turli manzarali va soyali daraxt ko‘chatlari ekilayapti.
Bundan tashqari, ichki yo‘llar ta’mirlanib, piyodalar uchun qulay yo‘laklar barpo etilmoqda.

Respublika ishchi guruhi va tuman hokimligi mas’ullari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuksak baholanib, fuqarolarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida qo‘shimcha vazifalar belgilab berildi. Jumladan, obodonlashtirish ishlarini yanada tezlashtirish, qurilish sifatini nazorat qilish va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Powered by GSpeech