REKLAMA BANERLARDA O‘ZBEK TILI QOIDALARIGA AMAL QILING!
1989 yilning 21 oktyabrь. «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilingan kun. Qonunning har moddasida o‘zbek tili qoidalariga qa’tiy amal qilish belgilangan.Qolaversa, Konstitutsiyada ham alohida belgilab qo‘yildi. Ammo, ushbu qonun asosida tashqi reklamalarda o‘zbek tili qoidalariga amal qilinayaptimi?
Afsuski, javobning qoniqarsiz ekanligi barchani ranjitadi. Ayniqsa, poytaxtimizda markaziy ko‘chalar osib qo‘yilgan reklama bannerlarida o‘zbek tili qoidalari qo‘pol ravishda buzilganligiga har kuni ko‘zimiz tushadi. Yunusobod tumani hokimligi tomonidan Amir Temur ko‘chasida o‘rganishlar chog‘ida mingdan ortiq noqonuniy, til qoidalariga rioya qilinmagan bannerlar olib tashlandi. To‘g‘ri, tadbirkor uchun reklama havodek zarur. Reklama mijoz chaqiradi. Shu asosda faoliyati ravnaq topadi. Ammo,o‘z manfaati uchun til qoidalarini buzishga, qonunga bo‘sunmaslikka hech kimning haqqi yo‘q.
Ayni paytda ham reyd tadbirlari davom etmoqda.
O'zbekcha
Русский
English