Rasmiy munosabat: Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanida elektr ta’minoti va issiq suv bilan bog‘liq uzilishlar
Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanida elektr ta’minoti va issiq suv bilan bog‘liq uzilishlar haqida tarqalgan xabarlarga munosabatan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
2025 yil 18–23 aprel kunlari "Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ tomonidan L-DOK-1 va L-DOK-2 tarmoqlarida 21 672 metr uzatuvchi liniyalarda ta’mirlash va modernizatsiya ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda fuqarolar MCHJning rasmiy telegram kanallari orqali oldindan ogohlantirilgan.
Ayni paytda elektr tarmoqlari ta’mirlanib, hududlarda elektr ta’minoti to‘liq tiklangan.
Shuningdek, «Toshissiqquvvati» DUK tomonidan 18–21 aprel kunlari davomida rejali ta’mirlash ishlari amalga oshirish belgilangan. Korxonaning rasmiy telegram kanallari orqali aholi muntazam ravishda ogohlantirilib, jarayonlar haqida ma’lumot berib borilgan.
Ayni vaqtda 4-sonli issiqlik manbai orqali suv isitish jarayoni boshlangan bo‘lib, quvurlar belgilangan harorat va bosimgacha issiq suv bilan to‘ldirilmoqda.
2025 yil 24 aprel kuni soat 01:00 dan boshlab, iste’molchilarga bosqichma-bosqich issiq suv ta’minoti tiklanishi rejalashtirilganligini ma’lum qilamiz.
Ushbu ta’mirlash ishlari reja-jadvalga asosan, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va uzilishlarning oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Yunusobod tumani hokimligi
Matbuot xizmati
O'zbekcha
Русский
English