Rasmiy munosabat: Аvtobus bekati ta’mirtalab ahvolda

26.06.2025 / 27

Telegram kanallardan birida Yunusobod tumani 16-dahada joylashgan avtobus bekati ta’mirtalab ahvolda ekanligi haqida post joylangan. Mazkur holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Yunusobod tuman hokimligi tomonidan barcha avtobus bekatlarini yaxshilash va atrofini obodonlashtirish bo‘yicha muntazam ishlar olib borilmoqda. Bu jarayon doirasida yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz shart-sharoitlar yaratish maqsad qilingan. Hokimlikning ushbu yo‘nalishdagi ishlari transport infratuzilmasini takomillashtirish, jamoat transporti foydalanuvchilariga qulaylik yaratish hamda shahar ko‘chalarining estetik ko‘rinishini yaxshilashga qaratilgan.

Yunusobod tumani 16-dahadagi avtobus bekati holati hozirda tuman mas’ullari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilmoqda. O‘rganish jarayonida bekatning texnik holati, atrof muhiti va yo‘lovchilar uchun qulayliklar darajasi tahlil qilinmoqda. Bu o‘rganish natijalariga ko‘ra, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bekatda piyodalar va transport vositalari uchun qulay sharoitlar yaratish, ta’mirlash va obodonlashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, tuman hokimligi jamoat transportining samaradorligini oshirish, yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash hamda transport infratuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida mutasaddi idoralar bilan doimiy muloqotda va hamkorlikda ish olib bormoqda.

Powered by GSpeech