RASMIY MUNOSABAT
Telegram kanallardan birida Yunusobod tumanida balandda xilpirab turgan O‘zbekiston Respulikasi bayrog‘i yiritilib ketganligi aks etgan video post joylandi. Mazkur holat bo‘yicha quydigilarni ma’lum qilamiz:
Joriy yilning 24 may kuni Toshkent shahrida kuzatilgan kuchli shamol oqibatida jamoat ob’yektlariga qisman zarar yetkazildi. Xususan, Yunusobod tumani Firdavsiy mahallasi hududidagi Shibliy ko‘chasiga o‘rnatilgan davlat ramzi — O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i ham shamol ta’sirida texnik ziyon ko‘rdi. Balandligi 20 m o‘lchami 5x4 m bo‘lgan ushbu bayroqning yuqori qismi shamol ta’sirida yirtilib qolgan. O‘zbekiston respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonunning 12 moddasida moddasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat esa ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan. Shundan kelib chiqib, Yunusobod tumani IIO FMB mas’ullari tomonidan Firdavsiy mahallasida shamol ta’sirida texnik ziyon ko‘rilgan Davlat rasmzi bo‘lgan bayroqni tiklash bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilib, maxsus texnika vositalari yordamida bayroq pastga tushirildi va belgilangan tartibda yangisiga almashtirildi.
Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan kelgusida bunday holatlarning oldini olish maqsadida bayroq o‘rnatilgan joylarda texnik ko‘rik va xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada kuchaytirish choralarini ko‘rmoqda.
Yunusobod tumani IIO FMB
O'zbekcha
Русский
English