Rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
Yunusobod tumanidagi 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida, tumandagi "Bolalar tashkiloti"ga a’zo bo‘lgan sardorlar, Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Suhrobbek Kirgizbayev, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, shoʻba rahbarlari ishtirokida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbir davomida S.M.Kirgizbayev sardorlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yoshlarga ko‘mak zarur bo‘lsa yordam berilishi haqida to‘xtaldi. Shuningdek tuman sardorlari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha maktablarda o‘quvchilarning iqtidorlarini yuzaga chiqarish, ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha faoliyat olib borishlari to‘g‘risida ma’lumotlar berdilar.
Tadbir so‘nggida tuman sardorlarga estalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.
O'zbekcha
Русский
English