“RAHBAR VA YOSHLAR” OCHIQ MULOQOTI O‘TKAZILDI

11.10.2024 / 287

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi «O‘zbekiston-2030» strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi PF-37-son Farmoni ijrosini ta’minlash, davlat organlari rahbarlari va yoshlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq muloqotini yo‘lga qo‘yish maqsadida, Toshkent arxitektura-qurilish instituti
talabalari va Yunusobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Nodir Babadjanov ishtirokida “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti o‘tkazildi.

Tadbirda yosh mutaxassislarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ular orasidan iste’dodli va iqtidorli yoshlarni yuzaga chiqarish, yosh mutaxassislarning yetuk mutaxassis bo‘lishlariga ko‘maklashish, shuningdek, yoshlarning jamiyat hayotida munosib o‘rin egallashga qodir yoshlarni shakllantirish borasida bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Powered by GSpeech