“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

24.05.2025 / 171

  Bugun Toshkent shahrida “Bitiruvchi — 2025” tantanalari va “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining “Toshkent shahar hokimi kubogi” uchun bellashuvlari o‘tkazildi

  Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Bitiruvchi — 2025” tantanalari hamda “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi nafaqat ko‘ngilochar maqsadni balki yoshlar ongida yurtga muhabbat, vatanparvarlik va faol fuqarolik pozisiyasini mustahkamlashdek muhim vazifalarni ham o‘zida mujassam etdi.

  Tadbirda Toshkent shahar hokimi hamda oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarni tabrikladilar va ularni yurt taraqqiyoti yo‘lida faol va mas’uliyatli bo‘lishga da’vat etdilar. Tantanali chiqishlarda ta’kidlanganidek, mamlakatning ertangi kelajagi bugungi bilimli, tashabbuskor va fidoyi yoshlar qo‘lida.

  Tanlovda ishtirok etgan jamoalar o‘z chiqishlari orqali nafaqat hazil-mutoyiba, balki ijtimoiy muammolarga nisbatan ongli munosabat, tanqidiy fikr va faol fuqarolik qarashini namoyon etdilar. Bu esa yoshlarimiz nafaqat ijodiy, balki siyosiy jihatdan ham yetuk va mas’uliyatli fuqarolarga aylanayotganidan dalolat beradi.

  Tadbir yakunida estrada yulduzlari ishtirokidagi konsert dasturi, milliy va zamonaviy raqslar, yoshlar o‘rtasidagi fleshmoblar bayramga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

  Bunday tadbirlar — bugungi yoshlarga davlat tomonidan qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasi, ularning iqtidorini namoyon etish va yurtimiz kelajagi uchun munosib kadrlar yetishtirishda muhim poydevor vazifasini bajaradi.

Powered by GSpeech