"Quvnoq startlar” musobaqasining Toshkent shahar bosqichi g‘olibi aniqlandi

07.11.2024 / 294

Poytaxtimiz  umumta’lim maktab  o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Quvnoq startlar” musobaqasining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi.

Unda tuman bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘n ikki jamoa ishtirok etdi. Qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tgan bahslar yakunida Yakkasaroy tumanidagi  135-sonli umumta’lim maktabi vakillari faxrli birinchi o‘rinni egallab, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 222-sonli hamda Yunusobod tumanidagi 302-sonli umumta’lim maktabi jamoalari musobaqaning ikkinchi va uchinchi pog‘onalaridan joy oldilar.

Powered by GSpeech