"Qorbobolar karvoni” mahallalarda bolajonlarga sovg‘alar ulashmoqda

28.12.2024 / 211

Yunusobod tumani hokimligi tomonidan barcha mahallalarda Yangi yil shodiyonalari ko‘tarinki ruhda, bolajonlar ishtirokida o‘tkazilmoqda. Navbatdagi "Posira" mahallasida o‘tkazilgan Yangi yil bayram dasturida tuman hokimi o‘rinbosarlari J.Nabiyev, D. Muhsimovalar mahalla ahlini bayram bilan muborakbod etdi.

Yangi yil qahramoni bo‘lgan Qorbobo va Qorqiz butun mahalla bolalarini tadbir dasturidagi turli xil o‘yinlarda faol ishtirok etishga chorladi.

Harbiylar tomonidan chiqishlar qilinganligi, harbiy bo‘lish orzusida yurgan bolajonlarda katta ta’surot uyg‘otdi. Shundan so‘ng, mahallaning eng iqtidorli va iste’dodli bolajonlari tomonidan Qorbobo va Qorqiz ishtirokida turli xil, rangba-rang chiqishlar qilindi.

Musiqa sadolari ostida jilolangan raqslar barchani davraga chorladi. Tadbirda tuman hokimligi nomidan bolajonlarga sovg‘alar ulashgani, ularning qalbiga  quvonch olib kirdi.

Powered by GSpeech