QISH MAVSUMINI BETALOFAT O‘TKAZISH BO‘YICHA VAZIFALAR BELGILANDI

18.12.2024 / 254

Yunusobod tumani hokimligida Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining barcha o‘rinbosarlari, qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishni o‘tkazdi. Unda tumandagi mavjud mahalla raislari, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari rahbarlari, BSK mutasaddilari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda tumanda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar aytildi. Muhokamalarda ko‘p kvartirali uylarni qishga tayyorlash bo‘yicha har bir yo‘nalishga e’tibor qaratilib, fuqarolarning murojaatlari asosida mavjud kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf qilishga to‘xtaldi.

Xususan, ayrim mahalla yettiligi, BSK rahbarlari ishlarni tashkil qilishda sustkashlikka yo‘l qo‘ymoqda. Ayniqsa, ko‘chalarni qor va muzlamalardan tozalash, eshiklarga prujinalarni o‘rnatish, energiya tejamkorligini ta’minlash, mahallalarda obodlikni ta’minlash, sanitariya-tozalik holatini saqlashda kamchiliklar mavjud. Bundan tashqari aholini uzluksiz elektr ta’minoti bilan ta’minlash maqsadida TPlarni ta’mirlash jarayonida vaqtinchalik elektr tokidan uzilmoqda. Buni mahalla yettiligi aholiga to‘g‘ri tushuntirish zarurligi aytib o‘tildi.

Yig‘ilishda ushbu yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklardan kelib chiqib, 24/7 rejimda ishlarni tashkil qilishga to‘xtalib, markaziy va shox ko‘chalar, mahalla ichki yo‘llari, ta’lim tibbiyot, savdo va xizmat ko‘rsatish markazlari ko‘chalarini qor va muzlamalardan tozalash, kommunal sohada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar taqsimot qilindi.

Yig‘ilishda tumandagi har bir mahalla, tibbiyot muassalari, ta’lim maskanlari kesimida kuz-qish mavsumiga tayyorligi, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, kommunal xizmat sifatini oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shu bilan birgalikda kommunal tashkilot va boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlariga mavsumni betalofat o‘tkazish, belgilangan ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Powered by GSpeech