QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
Prezident Administratsiyasi vakili, Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari U.T.Mamarajabov, Yunusobod tumani prokurori Ya.A.Abdurahmonov va mutasaddi tashkilot ma’sullari bilan birgalikda "Yangibog‘" mahallasi hudud aholisiga hamda ijtimoiy ob’yektlarga kuz-qish mavsumlarida tabiiy gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta’minotini o‘zliksiz yetkazib berilishini ta’minlanishni ko‘zdan kechirdi.
O‘rganish chog‘ida, ijtimoiy ob’yektlarda yong‘in xavsizlini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yuzasidan aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Shuningdek, ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatib kelayotgan boshqaruv servis kompaniyalari mas’ullariga uylarning yer to‘la qismlaridagi isitish tizimlarining kuz-qish mavsumlariga tayyorgarligini o‘rganib chiqish, dispetcherlik va avariya xizmatlari hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
O'zbekcha
Русский
English