QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH BO‘YICHA KO‘RSATMALAR BERILDI

02.12.2024 / 224

  Yunusobod tumanida energiya manbalaridan samarali foydalanish,qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi O.Djurayev tuman hokimi o‘rinbosarlari D.Yusupov, sektor rahbarlari kommunal xizmat ko‘rsatish xodimlari ishtirok etib, qish mavsumini betalofat o‘tkazish,jismoniy va yuridik iste’molchilarni energiya manbaalaridan sifatli ta’minlash,tejamkorlik bilan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

  Yig‘ilishda qish mavsumini betalofat o‘tkazish, ijtimoiy soha ob’yektlarini yoqilg‘i-energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash, is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish, hamda aholi murojaatlarni hal etish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

 Shuningdek, mutasaddilarga tumanda elektr energiyasidan samarali foydalanishni ta’minlash, aholi o‘rtasida energiya resurslarini tejashning ahamiyatini tushuntirish borasida keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini olib borish bo‘yicha vazifalar berildi.

Powered by GSpeech