QISH MАVSUMIGА TАYYORGАRLIK KO‘RILMOQDA
19.09.2024
/
154
Isteʼmolchilarining energiya resurslariga o‘sib borayotgan talabini taʼminlash hamda isteʼmolchilarni kuz-qish mavsumida barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida Yunusobod tumanida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ "Hududiy qurilish-montaj direktsiyasi" filiali xodimlari tomonidan 110/35/10 kVli "Yunusobod" podstantsiyasida montaj ishlari bajarilmoqda.
So‘nggi rusumdagi jihozlar bilan yangilanayotgan podstantsiya quvvati joriy yilda Prezidentimining 2023 yil 11 mart kuni qabul qilgan “Toshkent shahridagi isteʼmolchilarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-91-son qaroriga asosan ikki barobarga oshirilgan edi.
O'zbekcha
Русский
English