Qish mavsumiga tayyorgarlik: 18-mavzedagi nasos stansiyasi to‘liq ta’mirlandi
Yunusobod tumanida aholini qish mavsumida uzluksiz va barqaror issiqlik bilan ta’minlash maqsadida olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari doirasida 18-mavzedagi nasos qurilmasi to‘liq ta’mirlanib, ishga tayyor holatga keltirildi. Mazkur nasos stansiyasi mavzedagi 1 638 nafar iste’molchi — ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha muassasalari va xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini issiqlik energiyasi bilan ta’minlaydi.
Tayyorgarlik ishlari jarayonida nasos agregatlari va ularning yordamchi uskunalari to‘liq profilaktikadan o‘tkazildi, elektr jihozlari va avtomatika tizimi tekshirilib, nosozliklar bartaraf etildi. Shuningdek, suv aylanish tizimidagi quvurlar sinovdan o‘tkazildi.
Natijada, 18-mavzedagi nasos qurilmasi qish mavsumida barqaror ishlashi, issiqlik ta’minotida uzilishlar bo‘lmasligi hamda aholi xonadonlariga talab darajasida issiqlik yetkazilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.
O'zbekcha
Русский
English