QISH MАVSUMIGА PUXTА TАYYORGАRLIK KO‘RISH BO‘YICHА VАZIFАLАR BERILDI

19.09.2024 / 170

  Yunusobod tumani hokimi Boxadir Аbduvaliev tomonidan tumanda 2024-2025 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, qishni betalofat o‘tkazish bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, masʼul kommunal xizmat va boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

  Yig‘ilishda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish, har bir ko‘p kvartirali uylarni qishga tayyorlash va fuqarolarning murojaatlari  asosida mavjud kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf qilish, hududlarning sanitariya-tozalik holatini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar ko‘lamini yanada jadallashtirish haqida ham vazifalar berildi.

  Tumanda mavjud barcha ijtimoiy obʼektlarni kuz-qish mavsumiga tayyorligi yuzasidan maʼlumot alohida eshitilib, o‘rganib xulosa berish bo‘yicha ishchi guruh va sektor rahbarlariga topshiriq berildi. Shu bilan birgalikda kommunal tashkilot va boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlariga mavsumni betalofat o‘tkazish, belgilangan rejalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha shaxsan masʼul ekanliklari haqida qatʼiy ogohlantirildi.

  Yig‘ilish yakunida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish boʼyicha berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash va nazorat qilish sektor rahbarlari zimmasiga yuklatildi.

Powered by GSpeech