QISH MAVSUMI TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Yunusobod tumani hokimi B.A.Abduvaliyev tomonidan 2024-2025 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, qishni betalofat o‘tkazish yuzasidan kunlik ishlarni o‘rganib bormoqda.
Navbatdagi o‘rganish ishlari Yunusobod tumanidagi 4-sonli Issiqlik markazida qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi. Markaz faoliyati, qish mavsumida amalga oshiriladigan ishlar haqida mutasaddilar tomonidan batafsil ma’lumot berdi. Qayd etilganidek, mazkur majmua o‘tgan asrning 70-yillarida qurilgan. So‘ngi yillarda bu yerdagi qozonxona ta’mirlanib, quvvati oshirildi. Issiqlik markazi tumandagi ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha muassasalarga issiqlik yetkazib beradi.
Hokim joriy yilda Issiqlik markazida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida har bir holat e’tiborga olinganligi, bu sa’y-harakatlar natijasida qish mavsumida iste’molchilarni issiqlik bilan uzluksiz ta’minlash imkoni yaratilganligi e’tirof etildi.
Markazda 30 daraja sovuq haroratgacha barqaror ishlashi uchun zarur choralar ko‘rilgan. Quvurlar izolyasiyasi mustahkamlangani uchun issiqlik yo‘qotilishi kamaytirilgan. Natijada aholiga 65 darajadan kam bo‘lmagan issiqlik yetkazib beriladi.
Hokim B.Abduvaliyev, har bir turar joy binosi va ijtimoiy ob’yektlarga belgilangan issiqlikni yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatmalarini berib, ijrosini nazoratga oldi.
O'zbekcha
Русский
English