Qish mavsumi oldidan Yunusobodda tabiiy gaz infratuzilmasi yangilanmoqda
Yunusobod tumanida aholini uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. 2025–2026 yillar kuz-qish mavsumi uchun maxsus dastur ishlab chiqilib, aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tumandagi tabiiy gaz iste’molchilari soni 95 173 tani tashkil etadi. Shulardan 1 703 tasi — yuridik shaxslar, 93 470 tasi — jismoniy shaxslardir.
Tumandagi gaz ta’minoti tarmoqlarining umumiy uzunligi 1 080,6 km ni tashkil etib, shundan 256 km — yer osti, 824,6 km — yer usti quvurlardir. Shuningdek, tizimda 447 ta GTP faoliyat ko‘rsatmoqda. Albatta ushbu tarmoqlarning bir maromda ishlab turishini ta’minlash juda muhim.
Shu maqsadda mavsum oldidan 0,4 km gaz quvurlari yangidan tortilgan bo‘lsa, 428 ta gaz taqsimlash punktlarini texnik taftishdan o‘tkazilgpn. 15,8 km gaz quvurlari bo‘yalgan. 132,1 km yer osti quvurlari texnik holati tekshiruvdan o‘tkazilib, qish mavsumida tabiiy gaz yetkazib berishning uzluksizligi ta’minlandi.
O'zbekcha
Русский
English