Qatag‘on qurbonlarini yod etdi
Oktyabr oyining birinchi xaftasi "Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi" doirasida Yunusobod tumani "Anorzor" mahalla hududidagi "Oqil ota" qabristonida xotira tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Yunusobod tumani "Nuroniy" kengashi jamoatchilik vakillari, "Anorzor" mahallasi "Keksalar maslaxat guruhi" a’zolari, "Nosirxoji" masjidi imomi, Qatag‘on qurbonlarini
xotirasi davlat muzey jamoasi, ishtirok etdi. Dastlab, ramziy qabr yonida Qur’on tilovat qilindi. Ushbu qabriston 2008 yilda YUNESKO tomonidan muhofaza qilinadigan tarixiy yodgorliklar ro‘yxatiga kiritilgan. Tadbirda so‘z olganlar mustabid tuzum yillarida qatag‘onga uchragan vatandoshlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning ibratli hayoti va faoliyati, ilmiy ijodiy merosini chuqur o‘rganish yoshlarimiz qalbida ajdodlarimiz ruhiga ehtirom, ijtimoiy adolat tantanasiga ishonch, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, vatanparvarlik va fidoyilik tuyg‘ularini uyg‘otishini e’tirof etdi.
-Bugungi tinchlik, erkinlik sharoitida qahramon bobolarimizning pok nomlarini eslash, tabarruk xotiralariga ehtirom ko‘rsatish biz uchun ham qarz, ham farz,-dedi Yunusobod tumani Nuroniylar jamg‘armasi raisi I.Ashrapova.
O'zbekcha
Русский
English