Qaror va ijro: Xavfsiz mahalla
Yunusobod tumani prokurori Ya.A.Abdurahmonov "Shoshtepa" mahallasida Prezidentimizning 2025 yil 3 yanvardagi "Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-sonli qaror ijrosi bilan tanishdi.
Tashrif davomida mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, mahalla faollari va aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, jinoyatchilikning oldini olish, yoshlarni huquqbuzarliklardan himoya qilish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Prokuror mahalla yettiligi ta’lim muassasalari, NNT bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligini ta’kidlab, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berdi.
O'zbekcha
Русский
English