QAROR VA IJRО
QAROR VA IJRO
Yunusobod tumani prokurori Ya.A. Abdurahmonov "Buyuk Turon" mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi "Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligi bilan tanishib chiqdi.
Tashrif davomida mahallada jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar va ayollar o‘rtasida huquqbuzarliklarning kamayishiga qaratilgan chora-tadbirlar, ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb qilish, oilaviy nizolarning barvaqt oldini olish, ichki ishlar va profilaktika inspektorlari hamkorligida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Ijtimoiy profilaktik ishlar samaradorligini oshirish, aholi bilan manzilli ishlash, huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida mahalla yettiligi faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
O'zbekcha
Русский
English