Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!

19.03.2025 / 180

  Yunusobod tumani hokimligi tomonidan “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari, bayram shodiyonalari, turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.
  Ana shunday tadbirlardan biri tumandagi 206–sonli MTTda Nurmakon va Mingchinor mahallalarda istiqomat qilayotgan oila farzandlari hamda mahalla faollari ishtirok etdi. Bayramda Prezident maslahatchisi U.Muxammadiyev, Prezident Adminstratsiyasi ishchi guruhi a’zolari, tuman hokimligi mutasaddilari ham ishtirok etib, Navro‘z bayrami bilan muborakbod etdi.
  Bayram tadbirida turli millat va elatlarning urf –odatlari, an’ana va qadriyatlari namoyish etildi. Ayniqsa, bahoriy taomlar, milliy va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari, yosh sportchilar, jajji san’atkorlarning ko‘rgazmali chiqishlari bayram tantanalariga o‘zgacha fayz kiritdi.
 Dosh qozonlarga sumalak osilib, kuy va qo‘shiqlar yangradi. Qozon atrofida yurtimizga tinchlik va osoyishtalik, xalqimiz varonligini tilab duolar qilindi.

Powered by GSpeech