PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

12.01.2025 / 160

Yunusobod tumani 240-sonli maktabda “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik sodir etishga moyilligi bor o‘quvchilarni barvaqt aniqlash va ularga ijtimoiy-psixologik ko‘mak ko‘rsatish” mavzusida o‘qituvchi va sinf rahbarlari ishtirokida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Seminarda sinf rahbarlariga o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha MMIBDO‘ N.B.Xodjanova va M.B.Axmadjanovalar  tomonidan tavsiyalar berildi.

Semenarga Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i K.M.Kirgizboyev, Yunusobod tumani MMTB bosh mutaxassisi D.I.Mo‘minovalar tashrif buyurib, o‘quv yili davomida faol ish olib borgan o‘qituvchilarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirdi. 

 Seminar yakunida psixolog ishtirokida o‘qituvchilar bilan turli treninglar o‘tkazildi.

Powered by GSpeech