Profilaktik-ogohlantiruv tadbirlari davom etmoqdа
06.03.2025
/
218
Yunusobod tumani IIO FMB mas’ullari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PK-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Billur MFY hududidagi 302-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida ogohlantiruv-profilaktik chora-tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchi yoshlarga jinoyatchilikning har qanday ko‘rinishlari, giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi hamda huquqbuzarliklar haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga ogohlik mazmunidagi tarqatma buklet va flayerlar tarqatildi.
O'zbekcha
Русский
English