Probatsiya bo‘limi ro‘yxatida turuvchi mahkumlar va fuqarolar bilan sayyor qabuli o‘tkazildi

01.11.2025 / 57

Yunusobod tumani IIO FMB boshlig‘i polkovnik M.M.Vafoyev tomonidan Probatsiya bo‘limi ro‘yxatida turuvchi mahkumlar va fuqarolar bilan sayyor qabuli o‘tkazildi. Mazkur sayyor qabulda mahkumlar, fuqarolar va sohaga daxldor mutasaddilar ishtirok etdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahkumlarning kundalik turmush tarzida uchrayotgan muammo va takliflarini joyida eshitish, ularga amaliy yordam berish hamda mas’ul idoralar bilan hamkorlikda tezkor hal etishdan iborat bo‘ldi.

Har bir murojaat alohida o‘rganilib, bir qator masalalar joyida ijobiy hal etilib, muddat talab etiladiganlari bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi va tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Powered by GSpeech