Prezidenti tomonidan Oliy Majlisga va xalqimizga yo‘llangan Murojaatnomaga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

06.01.2026 / 41

Yunusobod tumani 63-umumta’lim maktabida Prezidenti tomonidan Oliy Majlisga va xalqimizga yo‘llangan Murojaatnomaga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning real natijalari, hayotimizdagi o‘zgarishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalarning to‘g‘risida maʼlumot berildi.

Muloqot davomida maktab direktori R.E.Vahobova so‘zga chiqib, Prezidentimiz Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarni ta’lim muassasasi jamoasi tomonidan izchil amalga oshirish, ta’lim sifatini oshirish, shuningdek, tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan pedagoglar va texnik xodimlar ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarni amaliyotga samarali tatbiq etish, ta’lim-tarbiya jarayonini yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

Powered by GSpeech