Prezident qarorlari ijrosi: Мahallada xavfsizlik va mavsumiy tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi
Yunusobod tumani prokurori Ya.A. Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli hamda 2025 yil 1 apreldagi PQ-133-sonli qarorlari ijrosi doirasida “Uvaysiy” mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar holati va samaradorligi bilan tanishdi.
O‘rganish jarayonida mahalla hududida jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolar tinchligini mustahkamlash maqsadida o‘rnatilishi lozim bo‘lgan videokuzatuv kameralari va tashvish tugmalarining holati atroflicha tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli mas’ullarga ularni qisqa muddatda bartaraf etish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, kuz-qish mavsumini betalafot va xavfsiz o‘tkazishni ta’minlash maqsadida boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) tomonidan ehtiyot qismlar zaxiralarini shakllantirish, ularning ro‘yxatini tuzish, ko‘p qavatli uylar yo‘laklariga tuz-qum aralashmasini joylashtirish, binolardagi framugalarni yoptirish, kirish eshiklariga prujinalar o‘rnatish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar bo‘yicha ham aniq vazifalar belgilab berildi.
O'zbekcha
Русский
English