Prezident kubogining Respublika bosqichiga Toshkent shahrining Yunusobod tumani mezbonlik qildi

13.12.2025 / 26

“Gimnastika barchа uchun!” shiori ostida oʻtkazilgan Prezident kubogining Respublika bosqichiga Toshkent shahrining Yunusobod tumani mezbonlik qildi. Mazkur sport tadbiri aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish, xotin-qizlarning jismoniy faolligini oshirish maqsadida tashkil etildi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri hamda respublikaning barcha viloyatlaridan 40 dan ortiq jamoa, jami 900 nafarga yaqin xotin-qizlar faol ishtirok etdi.

Ishtirokchilar safidan professional sportchilar bilan bir qatorda havaskorlar, mahalla faollari, uy bekalari, ishchi ayollar hamda turli idora va tashkilotlar jamoalari oʻrin olib, musobaqa keng qamrovli, bayramona ruhdagi sport tadbiriga aylandi.

Powered by GSpeech