Poytaxtning bosh archasi ochilish marosimiga taklif etamiz!
25.12.2024
/
185
Bugun, 25-dekabr kuni, soat 18:00 da Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining old maydonida poytaxtimizning bosh archasi tantanali ravishda ochiladi!
Tadbir davomida sizni quyidagilar kutmoqda:
Estradamiz yulduzlari: Shohruh Siradjev (DJ King Macarella), Rayhon G‘aniyeva, Yodgor Mirzajonov, Ruxshona va Mustafo;
"Elita Show" guruhining yorqin chiqishlari;
Jonli musiqa, bayramona kayfiyat va quvonchga toʻla onlar.
Mazkur ochilish marosimi sizga unutilmas yangi yil kayfiyatini ulashadi.
Tadbirni oʻtkazib yubormang! Yaqinlaringiz bilan bayram tantanalaridan bahramand boʻling!
Manzil: Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining old maydoni.
Boshlanish vaqti: 18:00.
Bayramona muhitda ko‘rishguncha!
O'zbekcha
Русский
English