"POSIRA"DA BUNYODKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI

21.11.2024 / 211

Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev "Posira" mahallasida "Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi obodonchilik va bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Mahallada uzoq yillardan buyon yechimini kutib turgan muammolar ko‘p edi. Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" dasturi ushbu muammolarga yechim bo‘ldi.

Xususan ko‘p qavatli uylarga kommunal xizmat ko‘rsatish sifati oshib, infratuzilma zamon talabi asosida yaxshilanmoqda.
Hokim, mahallaga tutash hududdagi temir yo‘l bo‘ylarini obodonlashtirish, yashil hududlarni barpo qilish, ichki yo‘llar, piyodalar yo‘laklari, kommunal tizim, bolalar maydonchalari, ko‘p qavatli uylar, xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini zamonaviy asosda bunyod etish bo‘yicha ko‘rsatmalarini berdi.

Tuman hokimi B.Abduvaliyev, dasturda belgilangan har bir yo‘nalishda ishlarni sifatli va o‘z muddatida olib borish lozimligiga to‘xtalib, ichimlik suv, issiq suv, tabiiy gaz, elektr tarmoqlari ichki yo‘llar ta’mirlanib, zarur qulayliklar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalarini berdi.


Hokim B.Abduvaliyev, mahallada dastur doirasida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash, bunyodkorlik ishlarini sifatli bajarish hamda o‘z muddatida yakunlash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalarini berib, ijrosini nazoratiga oldi.

Powered by GSpeech