"POSIRA"DA BUNYODKORLIK ISHLARI O‘RGANILD

02.10.2024 / 241

Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev ayni paytda "Posira" mahallasida "Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi obodonchilik va bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Mahallada uzoq yillardan buyon yechimini kutib turgan muammolar ko‘p edi. Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" dasturi ushbu muammolarga yechim bo‘ldi. Xususan  ko‘p qavatli uylarga kommunal xizmat ko‘rsatish sifati oshib, infratuzilma zamon talabi asosida yaxshilanmoqda. Aholi bir olti oy ichida Posirada olib borilgan obodlik va bunyodkorlik ishlari natijasida mahalla tamomila yangi qiyofaga kirayotganligidan juda mamnun. Ularning ko‘z o‘ngida ichki yo‘llar, piydalar yo‘laklari, kommunal tizim, bolalar maydonchalari, ko‘p qavatli uylar, xizmat ko‘rsatish ob’yektlari zamonaviy asosda bunyod etilmoqda.

Tuman hokimi B.Abduvaliyev, dasturda belgilangan har bir yo‘nalishda ishlarni sifatli va  o‘z muddatida olib borish lozimligiga to‘xtalib, ichimlik suv, issiq suv, tabiiy gaz, elektr tarmoqlari ichki yo‘llar ta’mirlanib, zarur qulayliklar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalarini berdi.

Hokim, dastur doirasida aholi uchun sayilgohlar, dam olishi uchun o‘rindiqlar hamda issiqlik ta’minotini yaxshilash maqsadida rekonstrusiya qilinayotgan quvurlarning mantaj jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Mutsaddilarga  bolalar maydonchalarida turli xildagi atraksionlar, workoutlarni qurish, mahalla yoshlarining sport mashg‘ulotlarida toblanishi uchun barcha qulayliklarga ega o‘yingohlarni bunyod etish bo‘yicha alohida vazifalar berildi.
Hokim B.Abduvaliyev, mahallada dastur doirasida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash, bunyodkorlik ishlarini sifatli bajarish hamda o‘z muddatida yakunlash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalarini berib, ijrosini nazoratiga oldi.

Powered by GSpeech