“Posira” mahallasi yettiligi faoliyati yuzasidan Respublika ishchi guruhi va tuman hokimligi mas’ullari ishtirokida suhbat tashkil etildi

14.04.2025 / 250

Yunusobod tumanida joylashgan “Posira” mahalla fuqarolar yig‘inida Respublika ishchi guruhi va tuman hokimligi mas’ullari ishtirokida mahalla yettiligi a’zolari bilan ochiq muloqot va suhbat tashkil etildi.
Muloqotdan maqsad mahalladagi jamoatchilik boshqaruvi tizimini yanada kuchaytirish, mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga hissa qo‘shayotgan yettilik a’zolarining faoliyatini o‘rganish, ularning kundalik ish faoliyatida uchrayotgan muammolarini o‘rganish va ularga metodik hamda amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

Ishchi guruh har bir mahalla yettiligi bilan suhbatlashib, mahalla raisi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, nuroniylar, fuqarolar yig‘ini kotibi va boshqa yettilik a’zolari faoliyati, mahalladagi aholining turmush sharoitini yaxshilash, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, yoshlar bilan ishlash, ayollar bandligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Suhbat jarayonida ishchi guruh a’zolari tomonidan mahalla yettiligi a’zolariga o‘z vazifalarini samarali va tizimli tashkil etish, aholi bilan doimiy muloqotda bo‘lish, muammolarni joyida hal etish, davlat organlari va fuqarolar o‘rtasida “ko‘prik” vazifasini bajarish lozimligi haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, mahallada ijtimoiy faollikni oshirish, aholining muammolarini tinglash va manzilli yechim topish borasidagi ishlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Ishchi guruh tomonidan mahalla yettiligiga tegishli tavsiyalar va amaliy ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy loyihalar, obodonlashtirish ishlari va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlar qo‘llab-quvvatlanishi qayd etildi.

Powered by GSpeech