PODSTANSIYALARDA MODERNIZATSIYA ISHLARI DAVOM ETMOQDA

04.12.2024 / 222

   Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi «Toshkent shahri isteʼmolchilarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlashni yanada yaxshilash toʻgʻrisida»gi 259-son Qaroriga asosan Toshkent shahrida joylashgan «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi podstansiyalarni modernizatsiya dasturi doirasida maʼnan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

  Navbatdagi modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari 35/6 kVA kuchlanishli «Karamurtskaya» podstansiyasida olib borilmoqda. Shu kunga qadar modernizatsiya dasturi doirasida «Qibray transformator» MCHJ tomonidan 35 kVA li Ochiq taqsimlash qismida yer osti moy yig`ish inshooti qurib bitkazildi.

  Podstansiyada «Qibray transformator» MCHJ tomonidan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarni oʻrnatish boʻyicha qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.

  Eslatib o‘tamiz qaror doirasida Toshkent shahridagi mavjud 16 ta podstansiyalardagi transformatorlarni yuqori quvvatlisiga almashtirish orqali modernizatsiya qilinadi va 15 ta podstansiya mukammal taʼmirdan chiqariladi.

  Ayni vaqtda, barcha podstansiyalarda yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarni oʻrnatish boʻyicha qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.

Powered by GSpeech