Piyodalar yo‘laklari barpo qilinmoqda

21.04.2025 / 165

So‘nggi yillarda Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev rahbarligida tuman infratuzilmasini yaxshilash, ko‘p qavatli uylar atrofini obodonlashtirish, aholi uchun xavfsiz va qulay piyoda harakatini ta’minlash maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, “Posira” mahallasining piyodalar yo‘laklari ham ta’mirga muhtoj holga kelib qolgan edi. Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida Yunusobod tumani hokimligi tashabbusi bilan hududda amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Ayni paytda mahalladagi yo‘laklarga syement qoplamalari yotqizilmoqda. Bu esa fuqarolar, ayniqsa bolalar, keksalar va nogironligi bor shaxslar uchun qishki va yomg‘irli kunlarda xavfsiz va qulay harakatlanish imkonini yaratib bermoqda.

Mahalla aholisi olib borilayotgan bunday ishlardan mamnun ekanini bildirib, tuman hokimligi va mahalla faollariga samimiy minnatdorlik izhor etmoqda.

Powered by GSpeech