O'zbekiston-Janubiy Koreya ta'lim sohasidagi hamkorlik
17.10.2024
/
262
Yunusobod tumanidagi 5-maktabga Koreya Respublikasidan 5 nafar o‘qituvchi va 19 nafar o‘quvchidan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Qadriyatlar va madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash, o‘zbek maktablaridagi o‘quv jarayoni va dasturlari bilan tanishish tashrifning asosiy maqsadi bo'ldi.
Uchrashuv davomida, ikki maktab vakillari, xususan, direktorlar, ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzoladilar. Madaniy va ta'limiy almashinuv doirasidagi bu tashrif har ikki tomon uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, kelgusida yanada ko‘proq ijtimoiy va ilmiy hamkorliklarga yo‘l ochishi kutilmoqda.
O'zbekcha
Русский
English